09:45 / 05.09.2016
9107

KXDR Yapon dengiziga qarata 3ta ballistik raketa uchirdi

KXDR harbiy kuchlari yana 3ta ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yonhap xabar bergan.

Aniqlik kiritilishicha, Shimoliy Koreya raketalarni Yapon dengizi yo‘nalishi bo‘ylab uchirgan. 

Batafsil ma'lumotlar keltirilmagan.

Avgust oyi oxirida shimollik koreyslar uchirgan raketa 500 km masofadan keyin Yapon dengiziga qulagani ma'lum bo‘lgandi.

Undan oldinroq, 3 avgust kuni uchirilgan «Nodon» tipidagi raketa Yaponiyaning Akita prefekturasidan 250 km masofada dengizga qulagandi.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, KXDR Kim Chen In boshqaruvi davrida 33ta ballistik raketa uchirdi.

Bu esa otasi hukmronlik qilgan davrdagidan 2 barobar ko‘p. Kim Chen Ir KXDRni 1994 yildan 2011 yil, o‘limiga qadar boshqargan va bu davrda mamlakatda 16ta ballistik raketa uchirilgan.

Kim Chen In boshqaruvi davomida esa KXDR kichik radiusda harakatlanuvchi 16ta «Skad», 1,5 ming kilometr radiusda harakatlanuvchi oltita «Nodon», parvoz masofasi 4 ming kilometrgacha bo‘lgan oltita «Musudan» raketasi, shuningdek, suvosti kemasi bortidan uchta ballistik raketa uchirdi.

Mavzuga oid
Top