22:28 / 05.09.2016
9423

Lionel Messi jarohati sabab bir necha oy maydonga tusha olmasligi mumkin

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi uzoq muddat davomida maydonga qayta olmasligi mumkin. Futbolchi klub qarorgohiga kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Messi JCh-2018 saralashidan o‘rin olgan Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘yinda u yagona gol muallifi bo‘ldi, biroq jarohatini yangilab olgan edi.

Marca xabariga ko‘ra, shifokorlarning taxmini haqiqat bo‘lib chiqsa, Messi jarrohlik stoliga yotadi va bir necha oy davomida maydonga tushmasligi mumkin.

Manba: Tribuna.uz

Top