07:28 / 05.09.2016
9164

OAV Turkiya-Suriya chegarasi IShIDdan ozod qilinganini ma'lum qildi

Turkiya armiyasi va Ozod Suriya armiyasi Turkiya-Suriya chegarasini IShID jangarilaridan ozod qildi, deb xabar bermoqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Anadolu axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, chegaradagi hududlar "Frot qalqoni" operatsiyasi davomida ozod qilingan. 

"Frot qalqoni" harbiy operatsiyasi Turkiya tomonidan 24 avgustda Suriya shimolida boshlangan edi. 

Avvalroq Suriyaning Ar-Rai shahri yaqinida isyonchi kuchlar Turkiya armiyasi ko‘magida IShID nazoratida bo‘lgan bir nechta qishloqlarni bosib olganlari ma'lum qilingandi.

 

Top