16:30 / 05.09.2016
16021

Putin: Hozirda mamlakatni boshqarish Grozniy va Stalin davridan mushkul

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bayonot berishicha, bugungi kunda mamlakatni boshqarish Ivan Grozniy, Nikolay II yoki Leonid Brejnev, Nikita Xrushchev va hatto Iosif Stalin davridagidan ko‘ra murakkabroq va qiyindir, deb xabar qilmoqda Kreml sayti. 

Bu haqda u Bloomberg agentligiga bergan intervyusida so‘z yuritgan.

«Mushkulroq deb o‘ylayman, chunki, birinchi galda g‘arblik hamkorlarimizning tanqidlariga qaramay, bizda ichki demokratiya rivojlanmoqda. Aytaylik, bo‘lajak saylovlarda avvalgi yillardagiga qaraganda ko‘proq siyosiy partiya ishtirok etadi. Bu esa, saylov kampaniyalarining borishi va natijasiga albatta ta'sirini o‘tkazmay qolmaydi», — degan Putin.

Top