23:16 / 05.09.2016
7818

Ukraina avtomobil bozori avgust oyida 63 foizga o‘sdi

O‘tgan oy ukrainalik avtomobilchilar umumiy qiymatda 5 630 ta yangi mashina sotib olgan.

Ukrainadagi avtomobil bozorida 2016 yilning yanvar–avgust sarhisobi bo‘yicha jami 38 389 yangi mashinalar sotildi. Mazkur natija o‘tgan yilning anologik ko‘rsatkichiga nisbatan 48 foizga ko‘proqdir. So‘nggi yoz oylarida yanada sezilarli – 63 foizli o‘sish qayd etildi.

Ukraina avto ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi «Ukravtoprom» ma'lumotiga ko‘ra, yaponlarning Toyota markasi eng yuqori talabdagi brendga aylangan. 2016 yilning avgust oyi davomida 678 avtomobil sotildi, bu natija o‘tgan yilgiga nisbatan 31 foizga ko‘p. Reytingning ikkinchi pog‘onasini  fransuz brendi Renault egalladi: sotilgan mashinalar soni 75 foizga (jami 552 mashina) oshdi.

Ukrain avto bozorining kuchli uchligini (423 avtomobil sotilgan) amerika brendi Ford yopib beradi. Bu ko‘rsatkich avvalgi natijalarga nisbatan 150 foiz o‘sganini bildiradi. Keyingi o‘rinlardan 214 foizli o‘sish bilan nemes markasi Volkswagen (avgust oyida 412 nusxada sotilgan), 122 foizli o‘sish bilan koreyalik Kia (avgust oyida 402 nusxada sotilgan) joy oldi.

Mutaxassilar fikricha, avgust oyida ukrain avto bozorida eng talabgir mashinalardan bir krossover Kia Sportage bo‘lgan: u mamlakat bo‘ylab 271 nusxada sotilgan.
 

Mavzuga oid
Top