23:47 / 06.09.2016
9515

Aqlli tasma bilan barmoqlar orqali qo‘ng‘iroqqa javob berish mumkin

Sgnl — bu aqlli soat tasmasi bo‘lib, u barmoqni quloqqa qo‘ygan holda qo‘ng‘iroqlarga javob berishga imkon beradi. Bu cho‘ntagidan yoki sumkasidan telefonni chiqarishga erinuvchi yoki imkoni yo‘q insonlarga juda yaxshi qulaylik yaratadi. Gadjyetda qo‘llanilgan texnologiya yangi emas, u ayrim smartfonlarda, jumladan, ramkasiz Sharpda qo‘llaniladi. Ovozli tebranishlarni uzatish quloqqa tegilgan vaqt tovushni kuchaytiruvchi qo‘l kafti orqali amalga oshadi. Shuningdek atrofdagilar telefondagi suhbatni eshita olmaydi. Bilaguzukda shovqinni kamaytirish tizimi mavjud. Uni sim-karta bilan jihozlangan smart-soatlar bilan, oddiy soatlar bilan birgalikda hamda OS Android 4.4 yoki iOS 8 boshqaruvidagi smartfonlar uchun Bluetooth-braslet sifatida ham ishlatsa bo‘ladi.

Abonentlar bilan qayta aloqa qurilma ichiga o‘rnatilgan mikrafon orqali amalga oshadi. IP56 standarti bo‘yicha himoya mavjud.

Kutish rejimida Sgnl 7 kun ishlaydi, to‘xtovsiz suhbat rejimida — 4 soat. Akkumulyator zaryadini to‘liq to‘ldirish uchun bir soat yetadi. Foydalanuvchilarning jismoniy faolligini kuzatish uchun fitnes-treker funksiyasi ham bor. 

Foydali aksessuar tarkibiga Samsung Creative Labs ijodkorlari kiruvchi Innomdle Lab startapi tomonidan taqdim etilgan. Sgnl narxi 129 dollardan boshlanadi.

Mavzuga oid
Top