10:06 / 07.09.2016
5606

BMT bosh kotibi Shimoliy Koreyani ig‘volarni bas qilishga chaqirdi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Shimoliy Koreyaning navbatdagi yadroviy sinovlari BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasining ochiqchasiga buzilishi deb hisoblashini aytdi va Pxenyanni ig‘vogar harakatlarni bas qilish va yadroviy qurolsizlanish yo‘liga qaytishga chaqirdi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik jurnalistlarga ma'lum qildi.

Dyujarrikning aytishicha, ballistik raketalarning uchirilishi BMT Xavfsizlik kengashining mavjud rezolyutsiyalarining buzilishi hisoblanadi va bosh kotib xalqaro hamjamiyatni birlashgan holda Shimoliy Koreyani ig‘volarni bas qilishga chaqirishini qo‘llab-quvvatlaydi.

5 sentabrda Shimoliy Koreya Yapon dengiziga 3 ta ballistik raketa uchirdi. Raketalar ming km ga yaqin yo‘l bosib o‘tib, Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida suvga tushgan.

Top