07:32 / 07.09.2016
9706

Suriya bo‘yicha bir kunda kelishuvga erishilishi mumkin

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga keyingi 24 soat ichida erishilishi mumkin, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

"Suriya bo‘yicha keyingi 24 soat ichida yoki shu atrofda kelishuvga erishish mumkin", deb aytdi al-Jubayr.

Avvalroq AQSh Davlat departamentida AQSh va Rossiya Suriyadagi vaziyat bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turganlari ma'lum qilingandi. 

 

Mavzuga oid
Top