16:13 / 08.09.2016
23220
Yer yaqinidan ulkan asteroid uchib o‘tdi
© Fotolia

Yerdan 15 mln km masofada diametri 1,6 kmni tashkil etuvchi 2004 BO41 asteroidi uchib o‘tdi.

Xalqaro astronomik ittifoqning mitti sayyoralar Markazida ma'lum qilishlaricha, asteroidning diametri 500 metrdan 1,6 kmgacha yetgan. Uning sayyoramiz bilan masofasi, Yer va Oy o‘rtasidagi masofadan 39 martaga ko‘proqdir. Shunga ko‘ra, fazoviy jism sayyoramizga bevosita xavf tug‘dirmagan. 

Bundan tashqari, yaqin orada Yerga 2016 RB1 asteroidi ancha yaqinlashadi. Uning diametri 4dan 14metrgachani tashkil etadi. Uning Yerga 40 ming kmgacha yaqinlashishi taxmin qilinmoqda. 
 

Mavzuga oid
Top