14:25 / 08.09.2016
5490

Meksikaga yopirilgan kuchli dovul oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

7 sentabr kuni Meksika qirg‘oqlariga yopirilgan "Nyuton" nomli kuchli dovul oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda mahalliy hukumatga asoslanib, G‘arbdagi nashrlar xabar tarqatgan.

Qutqaruvchilar chorshanba kuni 3 kishining jasadini topishgandi. Quyi janubiy Karolina shtati yaqinidaga suvlarda dovul tufayli ichida 5 kishi bo‘lgan baliqchilar kemasi halokatga uchragan. Yana ikki kishining jasadi keyinroq aniqlandi.

"Nyuton" bo‘roni Meksika shimoli-g‘arbiga katta zarar keltirmoqda. Sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan Los-Kabos shahri ayniqsa ko‘p talofat ko‘rgan.

Top