12:12 / 09.09.2016
18573

Abdulaziz Komilov IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Iyad bin Amin Madaniyni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

TIV rahbari, mehmonni kutib olar ekan, avvalo, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan bildirilgan ta'ziya va dalda so‘zlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Suhbat chog‘ida Toshkent shahrida O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan IHTga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi (TIVK)ning 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilindi.

TIVK majlisini muvaffaqiyatli o‘tkazilishidan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, O‘zbekiston tomonidan taklif qilingan «Ta'lim va ma'rifat — tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l» deb nomlangan raislik shiorining dolzarbligi va ahamiyatliligi sababli 43-sessiya va uning yakunlari IHT tarixida qoladi.

Top