08:37 / 09.09.2016
6340

AQShda aviayo‘lovchilar Galaxy Note 7 smartfonini ishlatishda ehtiyotkor bo‘lishdan ogohlantirildilar

AQSh aviatsiya sohasidagi regulyator yo‘lovchilarni samolyotlarda Samsung Galaxy Note 7 smartfonidan foydalanish yoki quvvatlashda ehtiyotkor bo‘lishdan ogohlantirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"Parvoz vaqtida bu smartfonlardan foydalanmaslikni qat'iyan maslahat beramiz", deyildi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, mutassadilar bu smartfonlar batareykalarining o‘z-o‘zidan alangalanib ketishidan xavotirlanishmoqda.

Avvalroq Florida shtatida dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra salonida Samsung Galaxy Note 7 quvvatlashga qoldirilgan Grand Cherokee avtomobili yonib ketgani ma'lum qilingandi.

Bu orada Samsung kompaniyasi ushbu smartfonlardagi nuqson aniqlanguncha ularni sotishni to‘xtatib qo‘ydi.

 

Mavzuga oid
Top