15:56 / 09.09.2016
9194

Amerika harbiylari Iroqdagi harbiy rejalarini oshkor qildi

IShID terrorchi guruhi nazorati ostida qolayotgan Iroqning Mosul shahriga shu yilning oktabr oyida hujum qilinadi. Bu haqda The Wall Street Journal nashriga IShIDga qarshi AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiyasi birlashgan kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Stiven Taunsend ma'lum qilgan.

«Biz, qaqshatgich, uzoqqa cho‘ziluvchi va murakkab jangga hozirlik ko‘ryapmiz. (...) Aslida men qamalni nazarda tutyapman», — degan qo‘mondon, jangovar amaliyot juda xavfli bo‘lishini e'tirof etar ekan.
 
Qo‘shma Shtatlar mahalliy harbiylarga yordam ko‘rsatish maqsadida Iroqqa 400 nafar harbiy xizmatchisini safarbar etgan. Umuman, Iroqda 5 mingdan ortiq amerikalik harbiy askarlar faoliyat ko‘rsatayapti. 

Taunsendning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Mosulda IShIDning 3 mingdan 4,5 minggacha jangarisi mavjud. Ularning uchdan biri taslim bo‘lishni xohlamaydi. Generalning ta'kidlashicha, ayrim terrorchilar o‘zlari bilan ikkita: Iroq va IShID bayrog‘ini olib yurishadi hamda vaziyatdan kelib chiqqan holda hayotini saqlab qolish uchun kerakli bayroqni ko‘tarishi mumkin. 
 

Mavzuga oid
Top