12:28 / 09.09.2016
8214

Britaniyalik monosiklda jahon rekordini o‘rnatdi

Buyuk Britaniyalik ixtirochi Kevin Skott monosiklda tez harakatlanish bo‘yicha soatiga 98,464 kilometr tezlikda harakatlanib, jahon rekordini o‘rnatdi. Uning natijasi Ginness rekordlar kitobiga kiritiladi. 

Skott va uning UK Monowheel Team kompaniyasi monosiklni ishlab chiqarishga ikki yil sarflagan. 7 oy uning konstruksiyasini ishlab chiqishga, yana 12 oy monosiklni Ginness kitobi talablariga moslashtirishga ketgan. 

WarHorse («jangovar ot») deb nomlangan qurilma diametri 1,5 metrlik karbonli rama-g‘ildirakdan iborat bo‘lib, vazni 85 kg keladi. U, 200 kub sm hajmdagi qayta ishlangan dvigatel, pnevmatik podveska va original uzatmalar qutisiga ega. 

Uning yurishlari Shimoliy Yorkshirdagi Elvington aerodromida bo‘lib o‘tgan. Shu bilan Skott amerikalik Kerri Makklinning 2001 yilda o‘rnatgan rekordini yangilashning uddasidan chiqdi. O‘shanda Kerri monosiklda soatiga 91,7 km tezlikda harakatlana olgan edi.

Mavzuga oid
Top