02:49 / 10.09.2016
6062

OPeK neft qazib olish hajmi borasida bir to‘xtamga kelish arafasida

OPeK mamlakatlari neft qazib olish hajmini uch oylik minimumgacha pasaytirdi, deb xabar qilmoqda The Wall Street Journal gazetasi tashkilot hisobotiga tayangan holda. 

Qayd etilishicha, OPeKka a'zo mamlakatlarda qazib olinayotgan qora oltin miqdori avgust oyida kuniga 200 ming barrelga pasayib, jami 33 mln barrelni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2016 yil mayidan beri kuzatilayotgan eng past raqamdir. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bunday natijaga Saudiya Arabistoni, BAA, Kuvayt va Qatar davlatlari hisobiga erishilmoqda. 

Tashkilotda ma'lum qilishlaricha, bunday natijalar, mamlakatlarning neft qazib olishni muzlatish borasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi. 

Top