06:16 / 10.09.2016
4690

Jokovich US Open tennis musobaqasi finaliga chiqdi

Jahon reytingining birinchi raqamli tennischisi, serbiyalik Novak Jokovich Nyu- Yorkda o‘tayotgan US Open tennis musobaqasining finaliga yo‘l oldi.

Jokovich yarim finalda fransuz Gael Monfisni 6:3, 6:2, 3:6, 6:2 hisobida yutdi.

Jokovichning finaldagi raqibi Sten Vavrinka (Shveytsariya, 3) va Key Nisikori (Yaponiya, 6) juftligi g‘olibi bo‘ladi.

Jokovich AQSh ochiq chempionatining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. U bir yil ushbu musobaqada shveysariyalik Rojyer Federerni yutgan edi.

US Open finali 11 sentabrda bo‘lib o‘tadi.

 

Top