14:11 / 11.09.2016
18036

12 sentabr kuni Toshkentda jamoat transporti tonggi soat 04:00dan ish boshlaydi

Qurbon Hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan 12 sentabr kuni Toshkent shahar jamoat transporti o‘z ishini tonggi soat 04:00dan boshlaydi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar bergan.

Shu kuni «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi avtobus saroylari hamda «Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasida ish kuni soat 04:00dan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Qurbon Hayiti nishonlanishi munosabati bilan 12 sentabr O‘zbekistonda dam olish kuni deb e'lon qilingan.

Toshkent shahrida Hayit namozi tonggi soat 6:15 da o‘qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa taqvimdagi vaqt tafovutlari asosida hududlardagi masjidlar tomonidan e'lon qilinadi.

Top