17:49 / 11.09.2016
6017

Belarusda parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan deb hisoblandi

Bugun Belarusda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Ayni vaqtga kelib, saylovchilarning 50 foizidan ortiq qismi saylov uchastkalariga kelib, o‘z ovozlarini berishgan. Bu haqda Belarus Markaziy saylov komissiyasi ma'lum qilgan

«Soat 14:00 holatiga ko‘ra, saylovchilarning 52,49 foizi saylovda ishtirok etdi», — deyilgan xabarda.

Saylovchilar Fuqarolar Vakillik palatasi (Belarus parlamenti quyi palatasi) deputatlariga ovoz berishdi.

Saylov uchastkalari 11 sentabr 20:00ga qadar ochiq bo‘ladi. Ovoz berish jarayonida Belarusning 6,9 milliondan ortiq fuqarosi ishtirok etishi mumkkin.

Parlamentning quyi palatasiga saylovlar majoritar tizim bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Bunda saylovchilar 110ta okrugda 110 nafar deputatni saylashi lozim.

Mavzuga oid
Top