23:20 / 12.09.2016
10472

Irkutskdagi supermarket xaridning minimal qiymatini 500 rubl qilib o‘rnatdi

Irkutskdagi "Svetofor" supermarketlari tarmog‘i xaridning minimal qiymatini 500 rubl qilib o‘rnatdi, deb xabar bermoqda Rospotrebnadzor. Tashkilot shu bilan birga bu qarorning noqonuniyligini ta'kidlamoqda.

Bu qoidaga ko‘ra, xaridor do‘konda kamida 500 rubllik mahsulot sotib olishi kerak, yo‘qsa do‘kon xizmat ko‘rsatishni rad etadi. 

Rospotrebnadzorning Irkutskdagi bo‘limida ta'kidlanishicha, iste'molchiga uning mahsulotni erkin tanlab olish huquqi buzilishi oqibatida yetkazilgan zarar sotuvchi tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi kerak, aybdor shaxs esa ma'muriy javobgarlikka (10 mingdan 20 ming rublgacha jarima) tortilishi lozim. 

"Kassirlar cheklarni yig‘indilashmoqda, agar xarid bu qiymatdan kam bo‘lsa, ular xaridni rad etishmayapti, xaridorlarning o‘zi to‘polon qilmoqda. Kassirlar bo‘lsa, cheklarni bir odamga ursalar, nusxasini boshqa xaridorga berishni taklif qilmoqdalar", deb aytdi do‘konlardan birining direktori.    

Rospotrebnadzor "Svetofor"ga qoidabuzarlikni bartaraf etish haqida ko‘rsatma bergan.

Mavzuga oid
Top