20:47 / 12.09.2016
9331

Samsung kompaniyasining fond bozoridagi ahvoli tobora ayanchli tus olmoqda

Janubiy Koreyaning Samsung giganti bozor kapitallashuvi ikki savdo kunida 11 foizga pasaydi yoki raqamlarda 22 mlrd dollar mablag‘ni yo‘qotdi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

Kompaniya sarmoyasining oxirgi sakkiz yil mobaynida ilk marta bu qadar rekord darajada pasayishiga Galaxy Note 7 smartfonlari akkumulyatorlarining talabga javob bermagani sabab bo‘ldi. 

10 sentabr kuni AQSh hukumatining iste'mol mahsulotlari xavfsizligi komissiyasi bexosdan yonib ketish xavfi bo‘lgani sababli, Samsung Galaxy Note 7 telefonlaridan foydalanmaslikni tavsiya qilgan edi. 

Kelasi kuni, ya'ni 11 sentabrda Samsung kompaniyasi barcha mijozlariga murojaat qilib Galaxy Note 7 smartfonlarini zudlik bilan topshirishni iltimos qildi.

Mavzuga oid
Top