12:10 / 13.09.2016
9824

AQShning bombardimonchi samolyotlari KXDR chegarasi yaqinidan uchib o‘tdi

Amerikaliklarning V-1V rusumli 2ta bombardimonchi samolyoti Janubiy Koreya osmonida namoyishkorona parvozni amalga oshirdi. Parvoz KXDR chegaralariga 100 kilometrga yaqin masofada amalga oshirilgan.

Yonhap agentligi bergan manbaga ko‘ra, samolyotlar Guamdagi bazadan chiqib, Janubiy Koreyadagi Osan bazasiga (Seuldan 70 km masofada) kelgan. Samolyotlarni Janubiy Koreyaning 4ta F-15 rusumli qiruvchi samolyotlari, shuningdek, amerikaliklarning F-16 rusumli 4ta samolyoti qo‘riqlab borgan.

Bu parvoz AQShning Janubiy Koreya bilan birdamligi ramzi sifatida amalga oshirilgani qayd etilgan.

9 avgust kuni AQSh yadro quroli eltishga qodir uchta «ko‘rinmas» B-2 Spirit strategik bombardimonchi samolyotlarini Tinch okeani sharqiy qismidagi Guam oroliga yetkazgandi.

9 sentabr kuni KXDR navbatdagi yadro sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazgani haqida ma'lum qildi.

Ko‘p o‘tmasdan AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya hamda G‘arbning bir qator davlatlari KXDR harakatlarini qoralab chiqqandi.

Mavzuga oid
Top