09:46 / 13.09.2016
6256

Bolgariya tezroq milliy valyutasini o‘zgartirish xususida bosh qotirmoqda

Illyustrativ surat

Bolgariya milliy valyutasini yevroga almashtirib, YeI mamlakatlari bilan vizasiz tartibga o‘tishi kerak. Bu jarayon qancha tez bo‘lsa, shuncha yaxshi, degan mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Tomislav Donchev. 

Bloomberg agentligining Donchev so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi munosabati bilan Bolgariya duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni kamaytirish uchun shunday qilish lozim. Brexit, bosh vazir o‘rinbosarining fikricha, YeIning tashqi qobig‘i hisoblanuvchi mamlakatlardan biri hisoblanuvchi Bolgariya ittifoqda ovozini yo‘qotishi mumkin. 

Bolgariya 2007 yilda, mamlakat iqtisodiy jihatdan tashkilot a'zosi bo‘lishga loyiq hisoblanmagani bois, jiddiy cheklovlar bilan YeI tarkibiga kirgan edi. 
 

Mavzuga oid
Top