18:26 / 13.09.2016
16008

Dunyoning eng "yashil" shaharlari reytingi taqdim etildi

Dunyoning eng "yashil" shaharlari reytingi Arcadis kompaniyasi saytida taqdim qilindi. Reytingning birinchi o‘rni Tsyurix shahriga (Shveytsariya) nasib etdi. 

Ikkinchi o‘rinda Singapur nomi qayd etildi. Undan keyingi pog‘onalarni esa Stokgolm (Shvetsiya), Vena (Avstriya), London (Buyuk Britaniya), Frankfurt (Germaniya), Seul (Koreya Respublikasi), Hamburg (Germaniya), Praga (Chexiya) va Myunxen (Germaniya) shaharlari egalladi. 

Top-100 ro‘yxatining oxirgi o‘rinlarida Nayrobi (Keniya), Qohira (Misr) va Kalkutta (Hindiston) shaharlari qayd etilgan.

Ekspertlar ro‘yxatni tuzishda ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy omillarni inobatga olishgan - umumiy hisobda 32 turli jihatga e'tibor qaratilgan. 

 

Mavzuga oid
Top