00:25 / 13.09.2016
7089

Estoniyaning yangi tashqi ishlar vaziri boshqargan vazirliklari soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

© AP Photo

Estoniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Yurgen Ligi boshqargan vazirliklari soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Mamlakat mustaqillikka erishgandan beri hali hech bir siyosatchi 4 ta turli vazirlikni boshqarmagan, deb xabar bermoqda Delfi portali.

Estoniya prezidenti Toomas Xendrik Ilves 12 sentabrda hukmron Islohotlar partiyasi a'zosi – Ligini yangi tashqi ishlar vaziri etib tayinladi. Tashqi ishlar vaziri lavozimi uni egallagan Marina Kalyurand o‘tgan hafta oxirida prezidentlikka nomzodini qo‘yishini va iste'foga ketishini aytganidan keyin bo‘sh qolgan. Koalitsion kelishuvga ko‘ra, tashqi ishlar vaziri lavozimi Islohotlar partiyasiga tegishli.   

"Yurgen Ligi avval mudofaa, moliya, ta'lim vaziri bo‘lib ishlagan, endi bo‘lsa tashqi ishlar vaziri bo‘ldi. Mustaqillik tiklangandan beri hech qaysi bir siyosatchi 4 ta vazirlikni boshqarmagan. 6 siyosatchi 3 tadan vazirlikni boshqargan", deyilmoqda xabarda.   
 

Mavzuga oid
Top