10:38 / 13.09.2016
8419
Klinton shifokorlarning ko‘rsatmasiga amal qilmaganini tan oldi

AQSh prezidentligi uchun saylovda Demokratik partiyadan nomzod bo‘lmish Hillari Klinton o‘z shtabini himoya qilib chiqdi. Bundan oldinroq, nashrlarda Klintonning saylovoldi shtabi nomzodning sog‘ligi borasidagi ma'lumotlarni yashirishda ayblangandi.

U ma'lumotlarning yetarli darajada shaffof emasligidan gina qiluvchilarga javoban, o‘z sog‘ligi haqidagi ma'lumotlar respublikachilar vakili Donald Tramp bunday ma'lumotlarni taqdim etmagan vaqtda e'lon qilinganini iddao qilgan. U shuningdek, o‘z sog‘ligi bo‘yicha xabarlarni jiddiy qabul qilish shart emasligini aytib o‘tgan.

"Men bu katta muammo deb o‘ylamayman. Men 5 kun yotib dam olishim kerak edi. Shifokorlar juma kuni shunday ko‘rsatma berishgandi, ammo men ularning oqilona tavsiyasiga amal qilmagandim", degan Klinton CNN telekanaliga bergan intervyusida.

U shuningdek, bu tarix tezroq yakunlanishini istayotgani, imkon qadar tezroq ishga chiqmoqchiligini aytib o‘tgan.

Bundan oldinroq Bill Klinton rafiqasining “xasta”ligi sabablari haqida gapira turib, bu hodisaga suvsizlanish sabab bo‘lgani, avval ham bir necha marta shu holat kuzatilgani haqida aytgandi.

Top