20:25 / 13.09.2016
11475

«Krasnodar» bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov tarkibida harakat qiladigan Rossiyaning «Krasnodar» jamoasi rahbariyati bosh murabbiy Oleg Kononov iste'foga chiqarilgani, bosh murabbiy vazifasini bajarish Igor Shalimov zimmasiga yuklatilgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.

«13 sentabr kuni Oleg Kononov «Krasnodar» bosh murabbiyligidan iste'fo berdi va uning iste'fosi klub rahbariyati tomonidan qoniqtirildi. Bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib Kononov shtabida ishlagan Igor Shalimov tayinlandi», — deyilgan klub rasmiy saytida.

«Krasnodar» FK Oleg Georgiyevichga o‘tgan vaqt davomidagi hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi», — deya qayd etilgan xabarda.

Kononov jamoaga 2013 yili bosh murabbiy etib tayinlangandi. Uning boshqaruvi davrida «Krasnodar» 3 marta Yevropa Ligasining guruh bosqichiga chiqdi.

Ayni vaqtda krasnodarliklar klubi Rossiya chempionatining 6 turidan keyin 8 ochko to‘plagan holda yettinchi o‘rinni egallagan. Jamoa oxirgi turda «Ufa» bilan 0:0 hisobidagi durangni qayd etgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top