20:24 / 13.09.2016
24359

Roman Abramovich o‘zining hashamatli superkarlar kolleksiyasini namoyish qildi

Milliarder Roman Abramovich Germaniyaning Nyurburgring trassasida o‘zining avtomobillar kolleksiyasini namoyish qildi. Bu haqida MailOnline xabar berdi. 

Abramovich qimmatbaho mashinalarini birinchi marta namoyish qilishi. Ekspertlarning baholashicha, ularning umumiy qiymati taxminan 8,5 million funt sterlingni tashkil qiladi. 

Uning avtomobillari qatoridan Ferrari FXX, Ferrari 488 GT3, Pagani Zonda R, Bugatti Veyron, Mercedes-Benz AMG GT3, Lamborghini Reventon, Aston Martin Vulcan va boshqa bir qator mashinalar o‘rin olgan. 

Nyurburgring trassasi Abramovichning sobiq hamkori Viktor Xaritoninga tegishli. 

Abramovich do‘stlariga mashinalarini trassada sinovdan o‘tkazishga ijozat berdi. 

Top