09:39 / 14.09.2016
6117

AQSh samolyotlari Iroqda kimyoviy qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi zavodni yo‘q qildi

Suriya va Iroqdagi xalqaro aksilterrorchilik kampaniyasida ishtirok etuvchi AQSh harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Jyeffri Xerrijinning ma'lum qilishicha, Iroqda koalitsiyaning zarbalari natijasida IShID tomonidan kimyoviy qurol-aslaha ishlab chiqarishga qayta jihozlangan farmatsevtika zavod majmuasi yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, jangarilar zavodni iprit va xlorli snaryadlar yaratish uchun ishlatgan. Obekt IShIDning poytaxti hisoblanadigan Mosul shahri shimolida joylashgan bo‘lgan.

Xerrijinning ta'kidlashicha, hammasi bo‘lib majmua infratuzilmasining 50 dan ko‘proq obekti yo‘q qilingan. 
 

Top