09:57 / 14.09.2016
8494

Yangi iOS 10 operatsion tizimini o‘rnatish iPhone'ni ishdan chiqarmoqda

iPhone foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlarda iOS 10 operatsion tizimining yangi versiyasiga yangilash vaqtida qurilma buzilib qolganidan ommaviy shikoyat qilishni boshlashdi. Yangi iOS 10 OT 13 sentabr kuni e'lon qilingan edi. U iPhone telefoni va iPad plansheti foydalanuvchilariga bepul yangilanish imkonini beradi. Bu holatga The Verge nashri e'tibor qaratdi.

Smartfon yangilanish o‘rnatilganidan so‘ng qayta yuklandi, keyin qurilma ekranida xatolik chiqib kelmoqda. Foydalanuvchilarga apparatni kompyuterga ulab, uni DFU rejimga keltirish taklifi bildirildi. Buning uchun ekranda kabel surati va iTunes logotipi paydo bo‘lmagunga qadar yoqish va Home tugmasini birvarakayiga ushlab turish zarur bo‘ladi. 

Apple o‘zining Twitter-akkauntida yangilashni Wi-Fi-ulanish orqali emas, balki iPhone'ni kompyuterga ulagan holda iTunes yordamida iOS 10ni o‘rnatish kerakligini maslahat bermoqda.

«Olma» korporatsiyasi vakilining nashrga xabar berishicha, muammo tezda bartaraf etilgan. Shuningdek, Apple muvaffaqiyatsiz OT yangilashga duch kelgan foydalanuvchilardan ko‘ngilsizlik uchun uzr so‘radi.
 

Mavzuga oid
Top