10:18 / 14.09.2016
13482

Xitoy AQSh aybloviga javob berdi

XXRning qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash siyosati JST qoidalariga zid kelmaydi. Xitoy tomoni mazkur masalada AQShning JSTga arz topshirganidan afsus bildirib, o‘zaro kelishmovchiliklarni hal etish qoidalariga mos ravishda harakat qilishini bildirgan. Bu haqda, XXR tijorat vazirligi xabarida so‘z yuritilgan

13 sentabr kuni AQSh prezidenti Barak Obama ma'lum qilganidek, uning ma'muriyati Jahon savdo tashkilotiga Xitoy ustidan ariza topshirgan. Vashington fikricha, XXR bug‘doy, makkajo‘xori va sholi narxlariga subsidiya ajratmoqda. 

"Xitoy tomoni AQShning JSTga murojaatidan afsusini bildirib, tortishuvlarni hal etish qoidalariga muvofiq holda zaruriy choralarni ko‘radi va Xitoyning savdo hamda qishloq xo‘jaligi manfaatlarini faol himoya qiladi", — deyiladi ma'muriyat bayonotida. 

Xitoy savdo ma'muriyatlari JST qoidalariga zid faoliyat yuritmaydi. 

Tijorat vazirligida ta'kidlashlaricha, Xitoy tomoni JST qoidalarini hurmat qilgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Ayni qoidalar asosida mamlakat qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi. 

AQShga ko‘ra, Xitoy bug‘doy, makkajo‘xori va sholi narxini bozordagidan birmuncha yuqoriroq belgilagan. Bu esa, JST talabiga mos kelmaydi. Shunga ko‘ra, "adolatsiz o‘rnatilgan narxlar Xitoyda bu mahsulotlarni ko‘p ishlab chiqarishga olib keladi. Bu esa, mazkur mahsulotlarni eksport qiluvchi amerikalik fermerlarning manfaatlariga ziddir".

Mavzuga oid
Top