18:41 / 14.09.2016
14197

Xitoyga so‘nggi yillar ichidagi eng kuchli "Meranti" to‘foni yaqinlashmoqda

Xitoy qirg‘oqlariga "Meranti" to‘foni yaqinlashayotgani bois mamlakatda xavfning qizil, ya'ni eng yuqori darajasi e'lon qilindi. Bu haqida XXR davlat meteorologik xizmati xabar berdi. 
 
Manbaga ko‘ra, Tayvan oroli yaqinida 12 metrli to‘lqinlar qayd etilgan, siklon Xitoyning sharqiy qirg‘og‘iga tezkorlik bilan yaqinlashmoqda. Tabiiy ofatning asosiy zarbi yaqin kunlar ichida Futszyan, Chjetszyan va Guandun provinsiyalariga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. 

Ekspertlarning ta'kidlashicha, "Meranti" so‘nggi yillar ichida XXRda ro‘y bergan eng kuchli to‘fon bo‘ladi. Yuqorida nomlari qayd etilgan hududda yashovchi aholiga uyda qolish tavsiya etildi, portlar faqatgina dengizdan qaytayotgan kemalarni qabul qilish uchungina ishlaydi, shuningdek 175 aviareys bekor qilingan. 

 

Mavzuga oid
Top