08:24 / 14.09.2016
6741

Ukraina ichki ishlar vaziriga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko korrupsiyaga qarshi kurashish markazi rahbari Vitaliy Shabunin murojaatidan keyin mamlakat ichki ishlar vaziri Arsen Avakovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma'lum qildi. 

"Men kuniga bir necha o‘nlab odamlardan maktublar olaman, jumladan janob Shabunindan ham oldim. Uning maktubi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdim, kimgalini aytsam ishonmaysiz, ichki ishlar vaziri Avakovga, chunki hamma tengdir", deb aytdi Lutsenko. Biroq bosh prokuror Avakovga qarshi qaysi modda bo‘yicha ish ochilganini oshkor qilmadi.

Lutsenko bosh prokuraturaga kelib tushadigan barcha murojaatlar bir xil protsessual maqomga ega ekanligini ta'kidlab o‘tdi. 

Avakov bir necha martalab o‘zi boshqaradigan vazirlik faoliyatidagi kamchiliklar uchun tanqid qilingan. 19 avgustda Avakov Ukrainada jinoyatchilikning o‘sishini politsiya fosh qilinmagan ishlarni yopishni to‘xtatgani, qurol-aslahaga ega bo‘lish bemalolroq bo‘lgani va aholining kambag‘alligi bilan tushuntirgan. Shu bilan birga vazir jinoyatlar miqdori 30-40 foizga oshganini tan olgan.

 

Mavzuga oid
Top