Xitoyda o‘tkazilgan aviashou vaqtida yengil motorli samolyot qulab tushishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 4 nafarni tashkil qilgan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatgan.
Hodisa Xebey viloyatidagi Shitszyachjuan shahrida ro‘y bergan. Samolyot o‘z chiqishini o‘tkazib bo‘lganidan keyin halokatga uchragan.
Samolyot bortida bo‘lgan uchuvchi va yana 3 kishi hodisa oqibatida halok bo‘lgan.
Yerdagilar orasida qurbonlar yo‘qligi aytilgan. Fojia sabablari o‘rganilmoqda.