08:40 / 15.09.2016
12650

Klinton salomatligi haqida yangi ma'lumotlarni chop etdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton o‘z salomatligi haqida yangi ma'lumotlarni chop etdi.

Klinton bergan ma'lumotlar orasida uning o‘pkasi surati ham bor. Suratga izohda Klintonda "o‘pka yallig‘lanishining yengil, yuqumsiz ko‘rinishi" kuzatilayotgani aytilgan. Klinton o‘n kun davomida kuchli antibiotik qabul qilgan.    

Klintonning shaxsiy davolovchi shifokori u kasallikdan keyin sog‘ayayotgani va shu bilan birga mamlakat rahbari bo‘lish uchun yaxshi formada qolayotganini ta'kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, sinovlar Klinton "ajoyib ruhiy holatda" ekanligini ko‘rsatgan. 

 

Mavzuga oid
Top