12:12 / 15.09.2016
6768

Pokistonda 2ta poyezd to‘qnashib ketdi

Pokistonning Mo‘lton shahri yaqinida poyezdlar o‘zaro to‘qnashib ketishi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan va 92 kishi jabrlangan. Bu haqda Dunya News xabar tarqatdi.

Awam Express yo‘lovchi poyezdi Karachidan Peshovarga harakatlanish vaqtida yuk ortilgan vagonlarni sudrab kelayotgan va shoshilinch ravishda to‘xtashga majbur bo‘lgan boshqa poyezdga urilgan. 4ta poyezd izdan chiqib ketgan.

Hozirda shifoxonadagilarning 15 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilgan.

Top