08:40 / 16.09.2016
5125

AQShda Deutsche Bank’ga qarshi ishni 14 mlrd dollarga yopish taklif qilindi

AQSh hukumati Germaniyaning Deutsche Bank bankiga nisbatan tergov o‘tkazmoqda. Bank rahbariyati 2008 yilgacha bo‘lgan davrda qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha xatarlarni baholashni pasaytirganlikda gumon qilinmoqda. AQSh adliya vazirligi bankka ushbu ishni 14 mlrd dollarga yopishni taklif qildi.

Deutsche Bank qimmatbaho qog‘ozlarni sotishda yo‘l qo‘ygan qoidabuzarliklari 2008 yilgi inqirozni keltirib chiqarganlikda ayblanmoqda, chunki xatarli aksiyalar AQShning Fannie Mae va Freddie Mac ipoteka kompaniyalari tomonidan sotib olingan. 

Ikkala kompaniya ham AQSh hukumati bilan bog‘langan va inqiroz vaqtida katta ziyonlar ko‘rgan. Hozirda AQSh hukumati vakillari va Deutsche Bank huquqshunoslari barcha e'tirozlarni hal qilish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazmoqdalar.

 

Top