10:26 / 16.09.2016
11289

Eng uzun va eng davomiy chaqmoq qayerda kuzatilgan

Jahon meteorologiya tashkilotining (JMT) ekspertlar qo‘mitasi ikki rekordni qayd etdi: eng uzun chaqmoq 300 kilometrdan ortiqni tashkil qilgan bo‘lib, u 2007 yilda Oklaxomada (AQSh) kuzatilgan, eng davomiy chaqmoq esa - 7,7 soniyadan ortiq bo‘lib, u 2012 yilning 30 avgustida Fransiyaning janubidagi Provans - Alp - Moviy qirg‘oq hududida qayd qilingan. Bu haqida payshanba kuni Jyenevada BMTning maxsus muassasasi hisoblangan JMTda ma'lum qilindi. 

"2007 yilda Oklaxomada kuzatilgan chaqmoq 321 kilometrli gorizontal masofani qoplab olgan, 2012 yilgi Fransiyaning janubidagi chaqmoq esa 7,74 soniya davom etgan - buni JMTning baholash qo‘mitasi aniqlagan", - deyilgan ma'lumotda. JMTda chaqmoqlar "favqulodda meteorologik va iqlimiy hodisalarning rasmiy arxiviga ilk marta kiritilgani" ta'kidlandi. Unda issiq, sovuq, shamol, yomg‘ir tezligi va boshqa ob-havo fenomenlariga doir rekordlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 

JMT bosh direktori Petteri Taalasning aytishicha, "chaqmoq - har yili ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘ladigan eng yirik tabiiy xavf". Bunday favqulodda hodisalar monitoringini yaxshilash "aholining havfsizligini yaxshilashga yordam beradi", deb hisoblaydi u. Eng uzun va eng davomiy chaqmoqni masofali texnik uskunalarning yaxshilanishi tufayli aniqlash mumkin bo‘ldi. 

JMTning rekord chaqmoqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasini hal qilgan ekspertlar qo‘mitasi tarkibi AQSh, Fransiya, Ispaniya, Xitoy, Marokash, Argentina va Buyuk Britaniya mutaxassislaridan iborat.

Top