00:23 / 17.09.2016
13893

Xakerlar doping qabul qilgan sportchilarning yangi ro‘yxatini chop etdi

Foto: © RIA

Butunjahon aksildoping agentligi WADA’ning ma'lumotlar bazasi ADAMS’ni buzib kirgan xakerlar o‘z g‘alabalarini taqiqlangan kimyoviy vositalar ostida qo‘lga kiritgan sportchilar ro‘yxatini chop etdi.

Ro‘yxatdan Buyuk Britaniya, Daniya, Avstraliya, Ispaniya va Germaniyadan 11 sportchi joy oldi. Ro‘yxat Fancy Bears xakerlik tashkiloti saytida joylashtirilgan.

Sportchining nomi bilan atalgan har bir faylda ADAMS’dan olingan hujjat kiritilgan. Ro‘yxatda boks bo‘yicha 2016 yilgi Olimpiada chempioni, britaniyalik Nikola Adams nomi ham bor. U uchta taqiqlangan vosita qabul qilgan.

Ro‘yxatda shuningdek suzish bo‘yicha 2016 yilgi Olimpiada oltin va bronza medallari sohibasi Mireya Belmonte, velosport bo‘yicha chempion Lora Trott va Avstraliya, Daniya va Germaniyadan yana 8 nafar sportchi bor. 

Sportchilarning taqiqlangan vositalarni qabul qilishining har bir holatida u yoki bu dopingni qabul qilishga tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra ruxsat berilgan. G‘arb sport amaldorlari ma'lumotlar bazasini buzib kirishda Rossiyani ayblamoqda. Kreml esa bu ayblovlarni rad etmoqda.  

 

Mavzuga oid
Top