18:49 / 17.09.2016
7585

Xitoyda "Meranti" to‘foni qurbonlari soni oshmoqda

Sharqiy Xitoyda ro‘y bergan dahshatli "Meranti" to‘fonidan qurbon bo‘lganlar soni 28 nafarga yetdi. 15 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda, deya xabar qilgan Sinxua agentligi. Futszyan viloyatida tabiiy ofat qurbonlari soni 18 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, Chjetszyanda 10 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Futszyan viloyatiga yetgan iqtisodiy talofat 16,9 mlrd yuan (2,6 mlrd)ni tashkil etgan. Avvalroq, mahalliy ma'muriyat ofatdan aziyat chekkanlarga yordam ko‘rsatish maqsadida 60 mln yuan (8,8 mln dollar) mablag‘ ajratgani xabar qilingan edi.
 
Chjetszyan viloyatida esa 900dan ortiq turarjoy vayron bo‘lgan, 1,5 mln kishi tabiiy ofat hududida ekani aytilmoqda. 

"Meranti" Xitoyga payshanba. 15 sentabr kuni yopirilgan edi. Uning markazidagi shamol tezligi soniyasiga 28 metrni tashkil etgan. To‘fon 14 yilda boshlangan meteokuzatuvlar tarixida eng kuchlisi sifatida e'tirof etilmoqda. 


 

Top