10:17 / 17.09.2016
6685

Norvegiya parlamentida maktablarga hijobda borish masalasi ko‘rib chiqildi

Norvegiya hukumati maktablarga hijobda borishni taqiqlamoqchi emas. Bu haqda 16 sentabr kuni mamlakatning immigratsiya va integratsiya ishlari bo‘yicha vaziri Silvi Listxaug ma'lum qilgan, deya xabar bermoqda The Local.

 «Hijobni taqiqlasak yaxshi bo‘lardi. Ammo bu taklifni parlamentga kiritganimiz hamono barcha siyosiy partiyalar bunga qarshi chiqishdi», — dedi Norvegiya siyosatchilaridan biri. Uning ta'kidlashicha, mamlakatdagi Jarayon siyosiy partiyasi avvalgidek, Norvegiyada ayollarning hijobda yurishiga qarshilik ko‘rsatmoqda.
Listxaugda ma'lum qilinishicha, bu taqiq amalga oshishi mumkin, faqat buning uchun Ishchi partiyasi o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishi lozim.

Mavzuga oid
Top