21:08 / 18.09.2016
38663

Hafta dayjesti: Davlat idoralarida o‘zgarishlar, Klinton xastaligi sababi, 11 sentabr fojiasiga 15 yil to‘ldi va boshqa muhim xabarlar

Yakunlanib borayotgan haftada O‘zbekiston va jahonda ro‘y bergan turli voqea-hodisalarning eng asosiylari Kun.uz’ning haftalik dayjestida.

Islom Karimov xotirasi

O‘tgan hafta mobaynida qator mamlakat rahbarlari Samarqandga – O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishga tashrif buyurishdi. Jumladan, Qozog‘iston prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yib, Tatyana Karimovaga hamdardlik bildirdi 


Bundan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklari bosh vazir o‘rinbosari, IIV rahbari Sayf bin Zaid 13 sentabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Bu yerda u O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.


Prezident saylovida ishtirok etadigan barcha nomzodlar

2016 yilning 4 dekabr sanasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun bo‘ladigan saylovda ishtirok etadigan nomzodlar nomi ma'lum bo‘ldi.

>>>  Batafsil. 

O‘zbekiston hafta ichida

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi


Shimoliy Koreyada o‘tkazilayotgan navbatdagi yadro sinovlari O‘zbekiston tomonini xavotirga solmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligining 11 sentabr kuni e'lon qilgan axborotida ma'lum qilingan.


Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 avgustdagi 287-qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik va davlat aviatsiyasida dronlar (uchuvchisiz uchar qurilmalar) ekspluatatsiyasi tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. 


«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning «Orzu layneri» ilk xalqaro reysni amalga oshirdi 


O‘zbekistonda 2016 yil 1 oktabrdan tabiiy gazga to‘lov narxi oshadigan bo‘ldi

Bundan tashqari, xuddi shu sanadan boshlab elektr energiya narxi  hamda issiq va sovuq suv narxlari ham oshadi. 

 

Davlat idoralaridagi o‘zgarishlar

Rustam Azimovga yana ikki sohaga rahbarlik qilish vazifasi yuklatildi 


Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi 


O‘zbekiston bosh prokurorining yangi o‘rinbosari tayinlandi


O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi tayinlandi 


Buxoro va Sirdaryo viloyatlari IIB boshliqlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi 


Jizzax viloyatiga yangi prokuror tayinlandi 


Toshkent shahrining sobiq hokimi Jizzax shahriga rahbar bo‘ldi 


O‘zbekiston IIVda qator lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi 


11 sentabr fojiasi (Fotogalereya)


AQSh yana 11 sentabr voqealarini eslamoqda. Bugun 3 mingga yaqin kishining o‘limiga sabab bo‘lgan fojiali teraktni butun dunyo yodga olmoqda. AQSh va dunyo tarixida misli ko‘rilmagan terror yuz berganiga 15 yil to‘ldi.

>>>  Batafsil.


Klinton Rossiyani AQShdagi saylovlarga aralashishda aybladi


AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton Rossiya tomoni AQShdagi saylovoldi kampaniyasiga aralashishga urinmoqda deb aytdi.

>>> Batafsil.


Bill Klinton rafiqasining “xasta”ligi sabablarini ma'lum qildi


Bill Klintonning hikoya qilishicha, turmush o‘rtog‘i, AQSh prezidentligi uchun demokratlar nomzodi Hillari Klintonning sog‘ligi kutilmaganda yomonlashganiga qattiq chanqash sababdir. Bu haqda, Bill Charli Rouzga bergan intervyusida ma'lum qilgan, deb yozmoqda Politico nashri.

>>> Batafsil.


AQShda prezident saylovining ovoz berishi jarayoni boshlandi


Dunyoning yetakchi mamlakati – AQShda prezidentlik saylovi o‘zining yakuniy bosqichiga kirdi. Mamlakatning ayrim shtatlarida muddatdan avvalgi ovoz berish jarayoni boshlangan, ayrimlarida shu kunlarda start beriladi.

>>>  Batafsil.


Nazarboyevning bashorati


Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatda qachon hammasi zo‘r bo‘lishini bildirdi.

>>> Batafsil.


Akayev Qirg‘izistondagi "lola inqilobi" haqida


Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, uning Manas aviabazasida AQShning AWACS ayg‘oqchi samolyotlarini joylashtirishga ruxsat bermagani 2005 yili mamlakatda uyushtirilgan "lola inqilobi" sabablaridan biri bo‘lgan.

>>>  Batafsil.


MDHning yubiley sammiti qanday o‘tdi?


2016 yil 16 sentabr, juma kuni Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 25-yubiley sammiti bo‘lib o‘tdi.

>>>  Batafsil.


Krishtianu Ronalduning achchiq gaplari


Futbol millionlar o‘yini - bu bor gap. Shunga ko‘ra, undagi o‘yinchilar, ayniqsa dunyoga mashhur o‘yinchilar atrofida turli xil mashmasha va mish-mishlar bo‘lishi shubhasiz. Bu holat, avval ham bo‘lgan, hozir ham davom etmoqda.

>>>  Batafsil.3

Rio Paralimpiyasi: O‘zbekistonning 32 sportchisidan 31 ta medal


Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan yozgi XV Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasining ishtiroki o‘z nihoyasiga yetdi.

>>>  Batafsil.

Top