18:53 / 18.09.2016
25730

Hafta voqealari suratlarda

O‘tgan hafta mobaynida dunyoning barcha burchaklarida o‘ziga xos turli voqealar bo‘lib o‘tdi. Ularning barchasi qiziqarli va diqqatga sazovordir. Ammo ana shu voqealar suratlar orqali qabul qilinsa, u yanada jonlanadi, yanada boyidi.

Qochqinlar va muhojirlar masalasi bo‘yicha BMT sammiti boshlanishi arafasida Oksfam tashkiloti e'tiborni qochqinlar inqiroziga qaratish maqsadida Nyu-York sohiliga yuzlab qutqaruv nimchalarini tashladi.

 

Xitoyda mamlakat tarixidagi eng qimmat nikoh ajrashuvi bo‘lib o‘tdi. Kelishuvga binoan 39 yashar Yaxuey Beijing Kunlun Tech onlayn-o‘yini ishlab chiqaruvchi kompaniyasining 300 mln aksiyasini xotinining qo‘liga topshirdi. Ularning bozordagi narxi 1,1 mlrd dollarni tashkil etadi.

 

Seshanba kuni Chilida 1973 yilda bo‘lgan harbiy to‘ntarishga bag‘ishlangan norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Nazarboyev qarshisida bitta kresloda o‘tirgan Putin va Atambayev surati ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga sabab bo‘ldi. Suratda ikki siyosatchi bitta kresloga sig‘ishgan holda Qozog‘iston prezidentini diqqat bilan tinglashayotganini ko‘rish mumkin.

 

Bugun soat 9da Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida Lacetti va «Gazel» markasidagi yo‘nalishli taksi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Ushbu ikki transport vositasi to‘qnashishi oqibatida ichida yo‘lovchilar bo‘lgan 29-yo‘nalishdagi marshrutka ag‘darilib ketgan.

 

AQShda politsiya va kriminalist-olimlar uchinchi haftadirki, Ohayo shtatidagi AYoQShda plastik xaltacha ichida tashlab yuborilgan yurak kimga yoki nimaga tegishli ekanligini aniqlashga harakat qilishmoqda.

 

Mashhur reper Kevin Geyts haj ziyoratini ko‘zida yosh bilan amalga oshirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning birinchi prezidenti aks etgan 10 ming so‘mlik banknota paydo bo‘ldi

 

Aston Martin kompaniyasi DB11 superkarining— Volante nomi bilan ishlab chiqariluvchi tomi ochiladigan rusumini namoyish etdi. Kompaniya shu paytgacha tomi yopiq va yon hamda ustiga niqoblar yopishtirilgan prototipi suratlarini avtohavaskorlar e'tiboriga havola qilgan edi.

 

Toshkent shahridagi qariyb 100 yillik tarixga ega “Yakkasaroy” jome masjidi o‘rniga ming nafar namozxonga mo‘ljallagan katta jomei barpo etildi. 23 metrga bo‘y cho‘zgan gumbazli xonaqoh devorlari, mehrob o‘ziga xos naqshlar bilan bezatilgan. Mohir xattotlar tomonidan mehrob usti va devoriga Qur'oni karim oyatlaridan hamda hadisi shariflarda vorid bo‘lgan duolar muhrlangan. Xonaqoh yonida 150 kishiga mo‘ljallangan kichik xonaqoh ham barpo etilgan. Bino gumbazining tashqari tomondan balandligi yuqorisidagi oy ramzi bo‘yi bilan 28 metrga, minoraning balandligi esa 31.5 metrni tashkil etadi. Xonaqohga uchta sharqona uslubda ko‘tarilgan arka orqali kiriladi.

 

“Real” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisining katta portreti uylardan birining devoriga chizildi. Surat ingliz rassomi Richard Uilson tegishlidir.

 

“Barselona” hujumchisi Lionel Messining akasi Matias Messi o‘qotar qurolni noqonuniy saqlaganlikda ayblanmoqda. Shu boisdan u sud mahkamasiga tortildi.

 

Dunyodagi eng keksa erkak, isroillik Israel Kristal Birinchi jahon urushi sababli o‘tkazib yuborgan bar-mitsvasini (yahudiylarda diniy balog‘at yoshiga yetganlikni anglatuvchi udum) o‘tkazdi.

 

Dunyodagi eng birinchi tank o‘z yubileyini nishonladi

 

Ford kompaniyasi muhandislari har yilgi «Further with Ford» an'anaviy konferensiyasida iste'molchilarni qiziqtirish mumkin bo‘lgan ajoyib ishlanmalari xususida ma'lum qildi. Ulardan biri «On-the-go H2O» tizimi — avtomobil salonining markaziy tonnelida joylangan suv dispenseridir.

 

Nyu-York markazidagi reklama ekranlaridan birida respublikachilar vakili Donald Tramp Supermen rolida tasvirlangan rolik ko‘rsatila boshlandi. Qahramonning kiyimida «S» (Superman) harfi o‘rniga «T» (Trump) harfi aks ettirilgan.

 

Pokistonning Mo‘lton shahri yaqinida poyezdlar o‘zaro to‘qnashib ketishi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan va 92 kishi jabrlangan. Bu haqda Dunya News xabar tarqatdi.

 

Google kompaniyasi Chipotle Mexican Grill restoranlari tarmog‘i bilan Virjiniya Politexnika universiteti talabalariga dronlar vositasida burrito yetkazib berishni sinovdan o‘tkaza boshladi.

 

O‘zbekiston charm-poyabzal korxonalari uyushmasi uchinchi marta Mosshoes Xalqaro poyabzal, aksessuarlar va tarkibiy materiallar ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma 12-16 sentabr kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.

 

JP Morgan Chase & Co 13 sentabrda bo‘lib o‘tgan savdolarda eng yuqori baholangan moliya muassasasi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

Mavzuga oid
Top