00:31 / 18.09.2016
14199

AQSh boshchiligidagi koalitsiya zarbasidan 62 nafar suriyalik harbiy halok bo‘ldi

Rossiya mudofaa vazirligining Suriya bo‘yicha rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov IShIDga qarshi AQSh boshchiligidagi koalitsiya samolyotlarining suriyalik harbiylar pozitsiyalariga bergan aviazarbasidan keyin IShID hujumga o‘tganini ma'lum qildi.  

"Bugun Moskva vaqti bilan soat 17.00 dan 17.50 gacha Daur-az-Zor aerodromi yaqinida "IShIDga qarshi koalitsiya" samolyotlari tomonidan IShID terrorchilik guruhi qurshovida bo‘lgan Suriya hukumat qo‘shinlari bo‘linmalariga 4 ta aviazarba berildi. Havo zarbasi berilgandan keyinoq IShID hujumga o‘tdi", deyilmoqda xabarda.

Koalitsiya samolyotlari Suriyaga Iroq tomondan kirgan. Zarba oqibatida 62 nafar harbiy halok bo‘lgan, yana 100 ga yaqini yarador bo‘lgan.

"Agar bu zarba nishonning xato koordinatalari tufayli berilgan bo‘lsa, unda bu AQShning Suriyada terrorchilik guruhlariga qarshi harakatlarini Rossiya bilan muvofiqlashtirishni qat'iyan istamayotganining bevosita oqibatini anglatadi", deb aytdi Konashenkov.

Ma'lum qilinishicha, aerodrom hududida terrorchilar bilan qaqshatqich janglar ketmoqda.

 

Mavzuga oid
Top