17:55 / 18.09.2016
12281

Ijtimoiy tarmoqda Samsung’ning yangi smartfoni surati paydo bo‘ldi

O‘tgan haftada Xitoyda ma'lumotlari paydo bo‘lgan yangi buklama smartfon -Samsung Galaxy Folder 2 surati ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Bu haqda Sammobile xabar bergan

SM-W2017 surati dastlab Weibo mikrobloglar xizmatida tarqalgan.

Sammobile ma'lumotiga ko‘ra, yangi smartfon displeyi - 4,2 dyuym (Super AMOLED). Tashqi jihatdan buklama qurilma Galaxy J arzon liniya smartfonlarini eslatadi.

Galaxy Folder 2 to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 64 Gb ichki va 4 Gb tezkor xotira, 12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega.

Qurilma Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

Smartfonning rasmiy narxi e'lon qilinganicha yo‘q, ammo uning 300 dollar atrofida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top