21:12 / 18.09.2016
4732

Rosberg "Formula-1"ning Singapur Gran-prisini yutdi va yetakchilikni qo‘lga oldi

"Mersedes" jamoasining poygachisi, nemis Niko Rosberg "Formula-1" avtopoygasining 15-bosqichi –  Singapur Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi. Bu poyga Rosberg uchun "Formula-1"dagi 200-poyga bo‘ldi.

2-o‘rinni "Red Bull" poygachisi Daniel Rikkyardo egalladi. Marraga uchinchi bo‘lib "Mersedes"ning yana bir poygachisi – britaniyalik Lyuis Xemilton yetib keldi.

Poyga yetakchisi Xemiltondan 2 ochko ortda qolayotgan Rosberg ushbu g‘alabasidan keyin umumiy hisobda 1-o‘ringa chiqib oldi. Endi uning hisobida 273 ochko, Xemiltonda esa 265 ochko bo‘ldi. 3-o‘rinni esa 179 ochko bilan Rikkyardo egallamoqda.

Poyganing keyingi bosqichi 30 senyatbrdan 2 oktabrgacha Malayziyada bo‘lib o‘tadi.

 

Mavzuga oid
Top