09:30 / 18.09.2016
10136

WT: Demokratlar AQSh prezidenti saylovlarigacha Klintonni Sandersga almashtirishmoqchi

AQSh Demokratik partiyasining ko‘pchilik tarafdorlari AQSh prezidenti saylovlarida Xillari Klintonni agar uning sog‘lig‘i talab qilsa Benni Sandersga almashtirishni aytishmoqda. Bu haqda Rasmussen Reports tahliliy markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga iqtibos keltirgan holda The Washington Times nashri xabar bermoqda. 

Ekspertlar amerikalik demokratlarga agar Klinton bilan "kutilmagan holat" yuz bersa va u prezidentlik kursisi uchun kurashdan voz kechsa, unda uning o‘rnini kim egallashi mumkinligi haqida savol berishgan.

So‘ralganlardan 48 foizi bunday vaziyat yuz bersa, Klintonning partiya ichidagi raqibi Berni Sanders nomzodini afzal ko‘rishlarini aytishgan. So‘ralganlarning 22 foizi Klintonning AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bilan, 14 foizi esa Virjiniya shtati senatori Tim Keyn bilan almashtirilishi istagini bildirishgan.

Oxirgi vaqtlarda AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonning sog‘lig‘ida muammolar kuzatilmoqda.

Top