09:28 / 19.09.2016
6092

«Emmi» talqini bo‘yicha eng yaxshi komedik aktyorlar aniqlandi

AQShning Los-Anjyeles (Kaliforniya shtati) shahrida 68-«Emmi» nufuzli televizion mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim ABC telekanali tomonidan translyatsiya qilindi. 

Taqdimotda Jyeffri Tembor «Ravshanlik» (Transparent) va siyosiy janrdagi «Vitse-prezident» (Veep) seriallaridagi rollari uchun eng yaxshi komedik aktyor sifatida mukofotlangan.

«Emmi» talqini bo‘yicha eng yaxshi komedik aktrisa sifatida esa Juliya Lui-Dreyfus taqdirlandi ("Veep" serialidagi ijrosi uchun). Bu uning sakkizinchi «Emmi» mukofoti bo‘ldi. U o‘z mukofotini bir necha kun olamdan o‘tgan otasiga bag‘ishladi.

Mavzuga oid
Top