21:58 / 19.09.2016
4827

Hindistonda avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi qurbonlari soni 35 kishiga yetdi

Foto: © Flickr

Hindistonning Bixar shtatida avtobus yo‘ldan hovuzga tushib ketishi oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda ANI axborot agentligi.

Avvalroq 4 kishi halok bo‘lgani va 12 kishi bedarak yo‘qolgani ma'lum qilingandi. 

Voqea Madxubani okrugida mahalliy vaqt bilan soat 12.30da yuz bergan. Avtobus Sitamarxidan Madxubani ma'muriy markaziga ketayotgan bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan vaqtda avtobusda 65 kishi bo‘lgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqarishi natijasida avtobus chuqurligi 8 metrcha keladigan hovuzga tushib ketgan. Avtobus butkul suv ostiga ketgan, uni kran yordamida chiqarib olish hech qanday samara bermagan.

Qidiruv operatsiyasiga mahalliy aholi xalaqit qilmoqda, ular favqulodda xizmatlar yetarlicha tez harakat qilmaganlaridan norozilik bildirib, yo‘lni to‘sib, mashinalarni yoqib yuborishgan. Shtat bosh vaziri Nitish Kumar halok bo‘lganlar oilalari 400 ming rupiy miqdorida tovon puli olishlarini ma'lum qilgan va voqea joyiga ikkita mahalliy vazirni yuborgan.
Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi fojia qurbonlari yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

 

Top