13:58 / 19.09.2016
4984

Kerri Rossiya bilan Suriya bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etishni ilgari surdi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Rossiya tomoni bilan Suriya inqirozi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etishni ilgari surmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Suriya hududlaridagi terrorchilarga qarshi havo zarbalari berishda xatolarga yo‘l qo‘yishning oldini oladi

Kerrining qo‘shimcha qilishicha, markaz faoliyati «17 sentabrda yuz bergan dahshatli xatoning qayta takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi».

«Biz xatomizni tan olamiz va bundan afsusdamiz. Biroq, qurolli mojarolar bo‘layotgan yerda bunday xatolar bo‘lib turadi», — deya ta'kidlagan Kerri.

Bundan tashqari, siyosatchi Rossiya Federatsiyasi rahbariyatiga murojaat qilib, Suriya armiyasining muxolifat kuchlariga berayotgan zarbasiga barham berishi uchun Bashar Asadga bosim o‘tkazishga, shu bilan mamlakatning qamalda qolgan hududlariga gumanitar yordamlar yetkazilishini ta'minlashga chaqirgan. 

17 sentabr kuni Suriya armiyasining 62 nafar askari g‘arb koalitsiyasining xato hujumi natijasida halok bo‘lgan edi. Halqaro koalitsiyaning uqdirishicha, ular Suriya armiyasi bo‘linmalarini IShID jangarilari bilan adashtirib yuborgan. 

Mavzuga oid
Top