01:50 / 19.09.2016
8358

La Liga. "Real" Ronaldu va Beylsiz ham "Espanol"ni mag‘lub qildi

Ispaniya La Ligasining 4-turida Madridning  "Real" jamoasi safarda "Espanol"ga qarshi bahs olib bordi. 

Uchrashuvdan avval madridliklar ustozi Zinedin Zidan tarkib borasida muammoga duch keldi. Jamoa yetakchilari Garet Beyl va Krishtianu Ronaldu maydonga tusha olmadi. 

Shunga qaramay, jamoa o‘yin startini yaxshi boshladi. Imkoniyatlar bo‘lganiga qaramay, undan foydalanishda madridliklarga omad yetishmadi. 45-daqiqaga kelib "Real" gol urishni uddasidan chiqdi. Xames Rodriges Toni Kroos tomonidan oshirilgan uzatmadan keyin, "Espanol" darvozasini aniq nishonga oldi, - 0:1.

Ikkinchi bo‘limning 71-daqiqasiga kelib "Real" yana bir golni kiritishning uddasidan chiqdi. Karim Benzema bu gal "Espanol" darvozasini ishg‘ol qildi. Goldan keyin Zidan fransiyalik hujumchini almashtirishga qaror qildi. Karim joyini Alvaro Morata egalladi. Qolgan vaqt davomida ikkala jamoa boshqa gol ura olishmadi hamda "Real" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Shunday qilib, Zidan shogirdlari to‘rtinchi turdan keyin ochkolari sonini 12taga yetkazib oldi hamda chempionatda yaqqol peshqadamga aylanib oldi. 

"Espanol" - "Real" - 0:2

Gollar: Xames Rodriges 45, Karim Benzema, 71.

"Espanol": Diyego Lopes; V. Sanches, Duarte, David Lopes, X. Lopes; Pyatti (A. Vaskes, 10), Roka (D. Reyyes, 83), Diop, E. Peres; Moreno (Kaysedo, 65), Baptistau

"Real Madrid": Kasilya; Marselo, S. Ramos, Pepe, Karvaxal; Xames (Isko, 62), Kazemiro (Kroos, 19), Modrich; Asensio, Benzema (Morata, 71), Lukas

Ogohlantirishlar: S. Ramos (3), E. Peres (21), Duarte (44), Diop (54), X. Lopes (64), Karvaxal (83)


 

Top